So‘nggi kunlarda turk serial olamida bitta mavzu bor — hamma shu haqda gapiryapti.
Kızılcık Şerbeti’dan ketgan Sila Turkog‘lu, NOW telekanalida boshlanadigan yangi “Doc” serialida Alina Boz o‘rniga bosh rolga kelgani haqida chiqqan iddialar ijtimoiy tarmoqlarda katta tortishuvga sabab bo‘ldi.
Gap-so‘zlar kun sayin ortmoqda, ayniqsa X (Twitter) foydalanuvchilari Silaning ustiga chiqib olgan!

🎬 “Doc” serialida bosh rol bo‘yicha janjal: Kim keladi, kim ketadi?
Serial haqida ilk ma’lumotlar chiqqanida hammasi juda sokin edi:
Bosh rolga avval Ibrahim Chelikkol tasdiqlandi.
Keyin “Partner kim bo‘ladi?” degan savol hammani qiziqtira boshladi va ko‘p o‘tmay Alina Boz ham serialga qo‘shilgani e’lon qilindi.
Hatttoki Alina va Çelikkolning birga tushgan rasmiga qadar internetga joylangan edi.
Fanatlar: “Kimyosi juda mos tushadi!” deb hayajonga kirgan edi.
Lekin… keyin sahna birdan o‘zgardi.

💥 Kutilmagan iddia: Rejissor aslida Alina emas Silani xohlagan!
Tarqalgan iddialarga ko‘ra:
👉 Serial rejissori boshidan beri Sila Turkog‘lunu bosh rolga qo‘yishni xohlagan.
👉 Sila bilan yashirin uchrashuvlar bo‘lgan deyishmoqda.
👉 Shu sabab Alina Boz umuman kutmagan bir paytda serialdan chiqarilgan.
Bu voqea esa internetda “tanish-bilish orqali rol olish”, “mehnatni poymol qilish”, “kastingda adolatsizlik” kabi tanqidlarni qo‘zg‘adi.
🗯 X foydalanuvchilari jahl bilan fikr bildirmoqda
X tarmog‘ida ayniqsa ikki oqim bor:
💢 Tanqid qiluvchilar:
“Bu sohada umuman hurmat qolmagan!”
“Rolni shunaqa qilib tortib olish to‘g‘ri emas.”
“San’atda adolatsizlik eng katta muammo!”

💗 Qo‘llab-quvvatlovchilar:
“Sila juda kuchli aktrisa, rolga mos bo‘lsa nima bo‘pti?”
“Kasting tabiiy jarayon, kim yaxshi bo‘lsa — o‘sha o‘ynaydi.”
“Bo‘lmag‘ur negativ kommentlarni bas qiling!”
Bir so‘z bilan aytganda, serial hali boshlanmasdan “Doc” internet tarixidagi eng shov-shuvli loyihaga aylandi.
🎭 Sila Turkog‘lu rasman keladimi? Hali hech narsa aniq emas
Hozircha rasmiy tasdiq yo‘q.
Ammo kuluarlardan kelgan mish-mishlarga ko‘ra:
📌 Sila Turkog‘lu bilan kelishuv “deyarli tayyor”
📌 Alina Bozning ketishi “keskin va kutilmagan qaror”
📌 Jamoa bu masalada sukut saqlab turibdi — bu esa iddialarni yanada kuchaytirmoqda
ü
🎯 Xulosa: “Doc” seriali efirga chiqmasidan turib skandal bo‘ldi
Bir serial, ikki aktrisa va bir rol…
Bunaqasi hali ko‘p muhokama qilinadi.
Sila – Alina voqeasi esa dizi olamining yangi “trendi”ga aylandi.