Sevinch Mo‘minova yana internetni larzaga soldi! ??
Xonanda Instagram sahifasiga romantik video joylab, shunchaki “Tez kunda…” deb qo‘ya qoldi xolos. Lekin shu bir og‘iz gap butun ijtimoiy tarmoqlarni titratishga yetdi!
? Muxlislar: “Sevinch baxtini topdi shekilli?”
Videoni ko‘rgan muxlislar izohlarda o‘zini yo‘qotdi:
“Tabriklaymiz!”, “Baxtingiz muborak bo‘lsin!”, “Kim ekan u?”
Xullas, xalq to‘yga tayyorlanib turibdi. ??
? Lekin… bu aslida klip bo‘lishi ham mumkin!
Romantik atmosfera, yumshoq ranglar, his-tuyg‘ular to‘lqinlanishi…
Hammasi yaqinda chiqadigan yangi klipdan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Sevinch Mo‘minova muxlislarini shunaqa ajoyib tarzda “ интригада ” ushlab turadi-da! ?
? Internetning hozirgi holati:
— “To‘yi bormi?”
— “Sevgi izhorimi?”
— “Yoki yangi klipmi?”
Hammaning miyasida har xil fikrlar lekin xonanda hech narsa demayapti. ?✨


















