Madaniyat va dam olishUmumiy

Leonardo Di Kaprio Gollivudda sun’iy intellektdan foydalanishni keskin tanqid qildi

Mashhur aktyor “TIME” jurnaliga bergan intervyusida film va san’at sohasida AI yordamida yaratilgan asarlarni san’at deb hisoblamasligini bildirdi.

Di Kaprioning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmlar, musiqalar yoki tasvirlar texnik jihatdan mukammal bo‘lishi mumkin, biroq ular hech qachon haqiqiy san’atning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki san’atning asosi — insoniy ruh, his-tuyg‘u va shaxsiy tajribadir.

Uning aytishicha, AI yordamida yaratilgan vizual ishlar tezda “internet shovqini” orasida yo‘qolib ketadi va chuqur mazmunga ega bo‘lmaydi.

Aktyor san’atning qadr-qimmati aynan inson yaratganida namoyon bo‘lishini, shuning uchun Gollivudda sun’iy intelekdan ortiqcha foydalanish ijodkorlikka putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *