Barchamizga bolalik hotiralarini eslatuvchi Kevinning uyini hamma juda yaxshi eslaydi. Lekin ushbu uy qayta tamirlangandan keyin butunlay yangi ko’rinish va dizaynda ijtimoiy tarmqolarda turli muhokamalarga sabab bo’ldi.
1990-yilgi mashhur “Uyda yolg’iz” filmida suratga olingan uy zamonaviy ta’mirdan keyin muxlislar tomonidan ma’qullanmadi. Uyning yangilangan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi bilan tomoshabinlar uning avvalgi iliq va nostaljik muhitini yo‘qotganini takidlashdi.





















