Madaniyat va dam olishUmumiy

“Emily in Paris” yana qaytadi: serial 6-mavsumga uzaytirildi

Netflixning eng sevimli romantik seriallaridan biri — “Emily in Paris” rasmiy ravishda oltinchi mavsumga uzaytirildi. Parij muhitidagi moda, muhabbat va karyera haqidagi hikoya tomoshabinlarni yana ekran qarshisiga chorlaydi.

Serialning beshinchi mavsumi qisqa vaqt ichida yuqori ko‘rishlar soniga erishib, Netflix reytinglarida yetakchi loyihalardan biriga aylandi. Aynan shu muvaffaqiyat ijodkorlarni Emilining sarguzashtlarini davom ettirishga undadi.

Lily Collins ijro etgan Emily Kuper qahramoni yangi mavsumda ham o‘zini sinovdan o‘tkazadi: ish, his-tuyg‘ular va tanlovlar o‘rtasida muvozanat izlaydi. Beshinchi mavsum oxirida voqealar Italiyaga yo‘l olgani sababli, yangi mavsumda hikoya yanada rang-barang bo‘lishi kutilmoqda.

Netflix hozircha 6-mavsumning aniq chiqish sanasini e’lon qilmagan lekin muxlislar Parijga qaytish uzoq cho‘zilmasligiga umid qilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *