Gollivudning mashhur aktyori Metyu Makkonaxi sun’iy intellekt orqali yaratiladigan soxta kontentlarga qarshi keskin choralar ko‘rdi. U Gollivudda birinchilardan bo‘lib, o‘zining tashqi ko‘rinishi, ovozi va tanilgan uslubini AI yordamida ruxsatsiz ishlatishni rasman taqiqladi.
Aktyor AQSh Patent va Tovar belgilar idorasida 8 ta tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zining “raqamli shaxsini” huquqiy jihatdan himoya qildi. Ushbu choralar nafaqat uning yuzi va ovoz tembrini, balki mashhur iboralari va tanish imo-ishoralarini ham o‘z ichiga oladi.
Xususan, Makkonaxi’ning 1993-yilda suratga olingan “Gangib qolgan va adashganlar” filmidan keyin afsonaga aylangan “Alright, alright, alright” iborasi ham rasmiy himoyaga olingan. Endilikda aktyorning roziligisiz yaratilgan memlar, deepfake videolar va AI asosidagi har qanday kontentqonuniy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktyor bu qadam bilan sun’iy intellektga qarshi chiqayotganini emas, balki ruxsatsiz taqlid va manipulyatsiyaga chek qo‘yishni maqsad qilganini ta’kidlaydi. Uning fikricha, AI imkoniyatlaridan foydalanish mumkin, ammo bu jarayon shaxsiy huquqlarni buzmasligi kerak.


















