Dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar sevadigan mashhur italiyalik TikTok yulduzi Xabi Leym o‘zining raqamli, sun’iy intellektga asoslangan nusxasini yaratish huquqlarini 900 million dollarga sotdi. Bu haqida Business Insider xabar bergan.
Shartnoma Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan Rich Sparkle Holdings kompaniyasi bilan tuzilgan. Unga Leymning raqamli nusxasini yaratish va undan tijoriy maqsadlarda foydalanish huquqi berildi. Bu sun’iy intellekt asosidagi nusxasini Leym ishtirokisiz turli tillarda va formatlarda kontent ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Ushbu bitim e’lon qilingandan so‘ng Rich Sparkle Holdings aksiyalarining Gonkong fond birjasida qadri oshgani xabar qilindi — bu esa investorlar yangi konseptga ishonch bildirayotganidan dalolatdir.
Xabi Leym TikTokda 160 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lib, oddiy, so‘zsiz hazil videolari bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi. U shuningdek UNICEF»ning xayriya elchisi hamdir.


















