Munosabat testlariTest

Muhabbat yuragingizda qaysi tuyg‘uni uyg‘otadi?

Siz sevib qolayotganingizni qachon his qilasiz?

Yuragim tez-tez ura boshlaganda

O‘zimga “bu to‘g‘rimi?” degan savolni ko‘p berganimda

Uning yonida o‘zimni xotirjam his qilganimda

Hali aniq emas deb, ehtiyotkor bo‘lib qolganimda

Sevgi deganda birinchi bo‘lib nima xayolingizga keladi?

Hayajon va ehtiros

Jo‘sh urgan hislar

Tinchlik va ishonch

Mas’uliyat va ehtiyotkorlik

Yoqtirgan insoningizdan xabar kelmasa, nima qilasiz?

Bezovta bo‘lib, kutishga qiynalaman

Sababini o‘ylab, ichimda tahlil qilaman

O‘zimni bosishga harakat qilaman

“Hali erta” deb, o‘zimni tiyaman

Muhabbat hayotingizda nimani o‘zgartiradi?

Kayfiyatimni va energiyamni

Fikrlarimni va qarorlarimni

Ruhiy holatimni

Xatti-harakatlarimni

Muhabbat bilan bog‘liq eng katta qo‘rquvingiz qaysi?

Hislarimni yashira olmaslik

Aldanish 

Ichki xotirjamligimni yo‘qotish

Xafa bo‘lish yoki pushaymonlik

Sevib qolsangiz, ichingizda qaysi his kuchli bo‘ladi?

Kuchli hayajon

Chalkashlik

Xotirjamlik

 Hushyorlik

Munosabatlarda birinchi nimaga e’tibor berasiz?

His-tuyg‘ular uyg‘unligiga

Mantiq va moslikka

O‘zimni qanday his qilayotganimga

U bilan kelajagim bor-yo‘qligiga

Sevib qolganda qarorlaringiz qanday bo‘ladi?

Yuragimga quloq solaman

Ko‘p o‘ylab, tahlil qilaman

Ichki xotirjamligimni ustun qo‘yaman

Shoshilmayman, vaqt beraman

Muhabbat siz uchun ko‘proq nimani anglatadi?

Kuchli hislar

Sinov

Huzur

Ma’suliyat

 Birinchi uchrashuvdan keyin nima his qilasiz?

Qayta ko‘rgim keladi

O‘ylab qolaman

O‘zimni yaxshi his qilaman

Shoshmaslik kerak deb o‘ylayman

Sevgi sizda birinchi navbatda hayajon tuyg‘usini uyg‘otadi

Sevgi siz uchun energiyaga, yangi boshlanishga va qalbning tezlashishiga o‘xshaydi. Siz his-tuyg‘ularingizni yashirishni yoqtirmaysiz va sevgida to‘liq ochilib yashashni afzal ko‘rasiz.

Sevgi sizda murakkablik tuyg‘usini uyg‘otadi

Bu – sizning sevgini chuqur tahlil qilishingizni anglatadi. Siz bu tuyg‘uni his qilganingizda, qalbingizdagi hislarni anglash uchun ko‘p o‘ylaysiz, diqqat bilan tahlil qilasiz va insoniy munosabatlarga jiddiy yondashasiz. 

Sevgi sizda xotirjamlik tuyg‘usini uyg‘otadi

Sevgi siz uchun juda huzur va barqaror tuyg‘u. Siz sevgi ichida huzur, xavfsizlik va muvozanat topilgan holatni istaysiz. Munosabatlar sizda stress yaratmaydi balki xotirjamlik bag‘ishlaydi. 

Sevgi sizda o‘ylab, hushyor bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otadi

Siz sevdingizmi yoki yo‘qmi oldin doimo o‘ylaysiz. Sevgi siz uchun ehtiyotkorlikni anglatadi va uni asta-sekin, ishonch bilan qabul qilasiz. Siz uchun sevgi — bo‘m-bo‘sh his emas balki chuqur va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 13

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *