Madaniyat va dam olishUmumiy

Jeki Chan o’z vafotiga allaqachon tayyor ekanini tan oldi

Dunyo kinosining afsonaviy yulduzi, aktyor va kaskadyor Jeki Chan hayot va o‘lim mavzusida ochiq fikr bildirib, bu dunyo bilan xayrlashishga ruhan tayyor ekanini aytdi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.

Aktyor mazkur fikrlarni Pekinda bo‘lib o‘tgan “Kutilmagan oila” filmi premyerasi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda bayon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hayotdan ko‘z yumgach e’lon qilinadigan maxsus xayrlashuv qo‘shig‘ini oldindan yozib qo‘ygan.

“Bu qo‘shiq tomoshabinlar va yaqinlarim uchun so‘nggi murojaatim bo‘ladi. Jamoam uni xabar yetkazish shaklida tayyorlab qo‘ygan”, — deydi Chan.

So‘nggi yillarda aktyor ko‘plab yaqin do‘stlari va hamkasblaridan ayrilganini tan olib, bu yo‘qotishlar unga hayotning o‘tkinchi ekanini yana bir bor eslatganini aytadi.

“Har bir inson bir kuni qarib, bu dunyoni tark etadi. Bu hayotning ajralmas qismi”, — deya ta’kidlaydi u.

Jeki Chan vafot etgan kinoijodkorlar xotirasiga bag‘ishlab Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tez-tez postlar joylashtirib boradi. Bu borada u hatto hazil ham qilgan:

“Hozir Weibo sahifam deyarli xayrlashuv maktublaridan iborat”, — deydi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil kuzida Daily Mail Jeki Channing shifoxonadagi surati sun’iy intellekt yordamida yaratilgani va uning o‘limi haqidagi mish-mishlar asossiz ekanini ma’lum qilgan edi. Shu bois aktyorning bu bayonoti muxlislar orasida turli savollar va hayajonga sabab bo‘ldi.

Musiqa Jeki Chan ijodida alohida o‘rin tutadi. U 150 dan ortiq filmlarda rol ijro etish bilan birga, bir qator kartinalarning saundtreklariga ham mualliflik qilgan. Xususan, “Kung Fu Fighting” qo‘shig‘i dunyo miqyosida mashhurlikka erishgan.

Shu bilan birga, aktyor faoliyatini yakunlash niyatida emas. Avvalroq “Tig‘iz vaqt” franshizasining to‘rtinchi qismi suratga olinishi ma’lum qilingan. “Tig‘iz vaqt 4” ustida Paramount kompaniyasi ish olib bormoqda va Jeki Chan Kris Taker bilan yana bir bor inspektor Li hamda detektiv Karter obrazlarida ekranlarga qaytadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *