O‘tgan tun Kaliforniyada 60-Superbouul bo‘lib o‘tdi. Musiqiy dasturining xedlayneri sifatida sahnaga Bad Bunny chiqdi. U Superbouul tarixida to‘liq ispan tilida chiqish qilgan ilk ijodkor sifatida tarixga kirdi.
Bad Bunny’ning chiqishi tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Sahna davomida unga mashhur mehmon yulduzlar hamrohlik qildi. Jumladan, Riki Martin, Ledi Gaga (u Die With A Smile qo‘shig‘ini ijro etdi), shuningdek, aktyorlar Pedro Paskal va Jessika Alba sahnada paydo bo‘ldi.
Yorqin shou, kutilmagan duetlar va yulduzlar ishtiroki 60-Superbouulni yilning eng esda qolarli musiqiy voqealaridan biriga aylantirdi.


















