Madaniyat va dam olishUmumiy

Shahloxonim Manzura uchun “yor-yor” kuyladi

Mashhur xonanda Shahloxonim o‘zining Instagram sahifasida do‘stlari — xonanda Manzura uchun samimiy “yor-yor” ijro etgan video postini joyladi. U taqdim etgan “Baxting muborak bo‘lsin” nomli yor-yor ijrosi muxlislar e’tiborini tortdi. Videoda ijodkorlar chiroyli va nafis liboslarda namoyon bo‘lib, to‘y marosimi holatlari aks ettirilgan: Manzura turmush o‘rtog‘iga salom beradi, kuyov esa kelinning peshonasidan mehr bilan o‘padi. Bu yor-yor orqali Shahloxonim har bir qiz hayotida baxtli kunlar va oila qurgan baxtining borligini, ushbu muqaddas lahzalar hech kim uchun orzu bo‘lib qolmasligini ta’kidlagan.

Mazkur samimiy va iliq video tez orada muxlislar tomonidan iliq qarshi olindi, ko‘plab tabrik va ijobiy izohlar bilan to‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *