Umumiy

Qaysi tabiiy unsur sizga mos?

Tabiatda to‘rt asosiy element bor: olov, suv, havo va tuproq.

Har birining o‘ziga xos energiyasi, o‘ziga xos tabiati bor.

Sizchi? Qaysi element ichki dunyongizni ifodalaydi?

Testni savollariga javob bering va qalbingizdagi tabiiy unsurning nima ekanligini bilib oling!

1. Bahsli bir vaziyatdasiz. Qarshingizdagi kishi jahlingizni chiqaradigan fikr bildirdi. Siz nima qilasiz?

Javob qaytaraman, bahslashishdan cho‘chimayman.

O‘zimni bosishga harakat qilaman lekin ichimda ranjiman.

Sokinligimni saqlayman, muhitni yumshatishga harakat qilaman.

 Ichimga yutaman, lekin uzoq vaqt esdan chiqarmayman.

2. Yangi muhitga tushib qoldingiz va hech kimni tanimaysiz. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?

Darhol gap boshlayman, bemalol muloqot qilaman

Atrofni kuzataman, samimiy tuyulgan birortasi bilan suhbatlashaman

Yengilgina birorta so‘z aytaman, muhitni o‘rganaman

Jim turaman, kimdir kelib men bilan gaplashsa keyin gaplashaman

3. Dam olish kuniga reja tuzyapsiz. Qaysi variant sizga ko‘proq ma’qul?

Adrenalinga boy, hayajonli mashg‘ulotlar

Dengiz bo‘yida osoyishta dam olish

Shaharda rejasiz o‘tadigan kun

Tabiatda qo‘ynida yoki sokin joy

4. Kimdir sizni tanqid qilsa bunga qanday munosabat bildirasiz?

Unchalik parvo qilmayman yoki darhol javob qaytaraman.

Ichimda xafa bo‘laman lekin bildirmayman

O‘ylab ko‘raman agar tanqid asosli bo‘lsa qabul qilaman

Bu menga og‘ir botadi, ichimga yutaman va uzoq vaqt xayolimdan chiqmaydi

5. Katta bir muammo yoki favqulodda holat yuz bersa, ilk reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Tashabbusni qo‘lga olaman, muammoni hal qilishga kirishaman.

Hissiyotga berilaman, kimdandir dalda kutaman.

Xotirjamligimni saqlab, boshqalarni ham tinchlantirishga harakat qilaman

Jim bo‘lib qolaman, ortga chekinaman

6. Muhabbat borasida seni eng yaxshi ifodalovchi holat qaysi?

Haroratli, kuchli his-tuyg‘ularga boy va ehtirosli

Romantik lekin tez ranjiydigan

Erkinlikni yoqtiradigan, ko‘proq aql va fikriy yaqinlikni qadrlaydigan

Ishonch va sadoqatni ustun qo‘yadigan, sabrli

7. O‘zingizni eng samarali his qiladigan paytingiz qachon?

Hayajonlantiruvchi bir g‘oya paydo bo‘lsa

His-tuyg‘ularim kuchli bo‘lib, ilhom kelganida

Yengil nafas olinadigan, ochiq va erkin muhitda

Tinch, tartibli va osoyishta joyda ishlaganimda

8. Yaqin do‘stingiz og‘ir kunni boshidan o‘tkazyapti. Nima qilasiz?

Vaqt yo‘qotmay uni chalg‘itish uchun biror narsa rejalashtiraman, ko‘nglini ko‘taraman

Uning yonida bo‘lib dardini tinglayman

Hazil bilan yondashib, vaziyatni yengillashtirishga harakat qilaman

Amaliy yordam beraman masalan, biror nima tayyorlab beraman

Olov unsuri – ichingizdagi alangani uyg‘oting!

Siz energiyaga to‘la, jasur va ta’sirchan insonsiz.
Yetakchilik sizga xos, yuragingizdagi ishtiyoq bilan harakat qilasiz.
Lekin ba’zida sabrsizlik yo‘lingizda to‘siq bo‘lishi mumkin.
O‘zingizni muvozanatda ushlay olsangiz, sizni hech narsa to‘xtata olmaydi.

Suv unsuri – chuqur sezgilar

His-tuyg‘ularingiz kuchli, sezgilaringiz kuchli rivojlangan.
Odamlarning ichki holatini tushunishga ustasiz.
Insonlarni tushunish qobiliyatingiz yuksak ammo ba’zida o‘zingizni unutib qo‘yasiz.
Agar ichki kuchingizni va sezgilaringizni ijodiy yo‘nalishga yo‘naltirsangiz chinakam porlashing mumkin.

Havo unsuri – aql va erkinlik 

Zehningiz o‘tkir, qiziquvchanligingiz va gapirish qobiliyatingiz bilan ajralib turasiz.
O‘zgarishdan qo‘rqmaysiz, bir joyda turib qolish sizga xos emas.
Yangi g‘oyalar, turli odamlar va muhitlar sizni ilhomlantiradi.
Ammo diqqatni jamlashni o‘rganmasang, fikrlaring tarqoq bo‘lib qolishi mumkin.
Erkin fikringni tartib bilan uyg‘unlashtirsang — sen cheksiz yuksalasan.

Tuproq unsuri – muvozanat va ishonch tayanchi

Sabrli, rejasiga sodiq va metin iroda egasisiz.
Atrofingdagilar siz bilan o‘zlarini xavfsiz va xotirjam his qilishadi.
Siz uchun haqiqiy muvaffaqiyat — barqarorlik, mehnat va sadoqat natijasidir.
Ba’zida o‘zgarishlardan cho‘chishingiz mumkin lekin bir qadam tashlasangiz mustahkam harakat qilasiz.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *