Madaniyat va dam olishTOPUmumiy

Eng qimmat seriallar va ularning byudjeti

So‘nggi yillarda seriallar kino bilan tenglashdi — byudjet, aktyorlar gonorari va maxsus effektlar jihatidan ular hatto ko‘plab filmlarni ortda qoldirmoqda. Quyida tarixdagi eng qimmat serial loyihalari haqida ma’lumot:

 1. Uzuklar hukumdori (The Lord of the Rings: The Rings of Power)

Taxminiy byudjet: 1 milliard dollar (bir necha fasl uchun)
Amazon tomonidan suratga olingan ushbu loyiha tarixdagi eng qimmat serial hisoblanadi. Faqat birinchi faslning o‘zi yuzlab million dollarga tushgan. Fantastik dekoratsiyalar va vizual effektlar rekord darajada.

 2.  Ajdar uyi (House of the Dragon)

Bir fasl byudjeti: qariyb 200 million dollar
HBO ishlab chiqqan loyiha har bir epizodiga o‘rtacha 20 million dollar sarflagan. Ajdarlar va epik jang sahnalari asosiy xarajatni tashkil etadi.

3. Toj (The Crown)

Umumiy byudjet: 260 million dollardan ortiq
Netflix platformasining eng hashamatli loyihalaridan biri. Qirollik saroylari dekoratsiyasi va tarixiy kostyumlar juda katta mablag‘ talab qilgan.

 4.  Taxtlar o’yini (Game of Thrones)

So‘nggi fasllar: epizodiga 15 million dollargacha
Serialning oxirgi mavsumlari televizion tarixdagi eng qimmat epizodlarga ega bo‘lgan.

 5.  G’alati narsalar  (Stranger Things)

So‘nggi fasl: epizodiga 30 million dollar atrofida
Fantastika, maxsus effektlar va katta marketing xarajatlari sababli byudjet keskin oshgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 210

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *