Nufuzli Rolling Stone jurnali kino ixlosmandlari uchun juda qiziqarli reyting taqdim etdi — u XXI asrda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisalarni faqatgina mukofotga sazovor bo‘lgan rollari asosida baholadi. Bu reytingda ijodkorlarning kino san’atiga qo‘shgan umumiy hissasidan ko‘ra, aynan ularga Oscar olib kelgan ijrolarining chuqurligi va kuchi asosiy mezon bo‘lib xizmat qilgan.
Reytingning 1-o‘rni — Julianna Mur
U “Hamon o‘sha Elis” (Still Alice) filmidagi roli uchun ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan. Mur bu obrazda Altsgeymer kasalligi bilan kurashayotgan professor rolini juda samimiy va his-tuyg‘ular bilan to‘la ijro etgani uchun e’tirof etildi.

2-o‘rinda — Helen Mirren
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II rolidagi ijrosi uchun taqdirlangan Mirrenning chiqishi ichki qadr-qimmat va sovuqqonlik bilan ajralib turadi.

3-o‘rinda — Frensis Makdormand
“Ko‘manchilar yurti” (Nomadland) filmidagi samimiy va hayotiy ijrosi uni reytingning yuqori pog‘onasiga olib chiqdi.
Shuningdek, reytingning kuchli o‘nligiga quyidagilar ham kirdi:
- Emma Stoun — Poor Things
- Juliya Roberts — Erin Brockovich
- Mayki Medison — Anora
- Mishel Yeo — Everything Everywhere All at Once
- Keyt Blanshett — Jasmin
- Natali Portman — Qora oqqush
- Holli Berri — Monster’s Ball
…va 25-o‘rinda Meril Strip, Temir xotin (The Iron Lady) filmidagi ijrosi bilan.
Bu reyting kino ixlosmandlari uchun XXI asrning eng yuksak aktrisa ijrolarini qayta ko‘rib chiqish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
















