O‘zbek shou-biznes vakili Mirjalol hamda kichik bloger Yasmina navbatdagi videolari bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ijodkorlar o‘zlarining Instagram sahifalarida e’lon qilgan videoda milliy atlas liboslarda raqs ijro etadi. Videoga Mirjalolning “Oydan go‘zal yuzlarim” taronasi fon sifatida tanlangan
Raqs jarayoni, milliy liboslarning yorqinligi va ijrochilarning samimiy kayfiyati muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda ayniqsa Yasminaning quvnoq obrazi va milliy kiyimlarning o‘ziga juda mos tushganini alohida ta’kidlashgan.
















