Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Uensday 3-mavsum bilan qaytmoqda: ilk tizer e’lon qilindi

Mashhur serial Uensday (Wednesday) muxlislarini yana bir bor hayajonga soldi. Loyiha ijodkorlari 3-mavsumning ilk tizerini taqdim etdi. Hozircha rasmiy chiqish sanasi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, yangi mavsum 2027-yil kuzida namoyish etilishi kutilmoqda.

Serial bosh rolini yana Jenna Ortega ijro etadi. Uning qorong‘i hazil va sirli voqealarga boy obrazi qisqa vaqt ichida global fenomen­ga aylangandi. Loyiha yana Netflix platformasida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilk mavsum chiqqach,Uensday (Wednesday) rekord darajadagi ko‘rishlar sonini qayd etgan va ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy trendga aylangan edi. 3-mavsum esa yanada qorong‘i syujet, yangi sirlar va kutilmagan burilishlar bilan tomoshabinlarni lol qoldirishi kutilmoqda.

Tizer allaqachon muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Serialning yangi bobida Addamslar oilasi va Nevermor akademiyasini yana qanday sirlar kutmoqda — buni vaqt ko‘rsatadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *