UmumiyYangiliklar

Pi Didi jazo muddatidan oldin ozod qilinadi

Amerikalik rep ijrochisi va prodyuser Sean Diddy Combs, sahna nomi bilan mashhur Pi Didi, qamoqdan kutilganidan oldinroq ozod qilinishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, u AQShning Nyu-Jersi shtatidagi federal jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tamoqda. Avvalroq uning ozodlikka chiqish sanasi 2028-yil iyun oyi deb ko‘rsatilgan edi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sana 2028-yil aprel oyiga ko‘chirildi. Bu esa san’atkor taxminan bir yarim oy oldinroq ozodlikka chiqishini anglatadi.

 Nima sabab bo‘ldi?

Mutaxassislar bunga bir nechta omil sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Jumladan:

  • Qamoqxonadagi ijobiy xulq-atvor
  • Maxsus reabilitatsiya dasturlarida ishtirok etish
  • Federal tizimdagi jazoni qisqartirish qoidalari

AQSh amaliyotida ayrim mahkumlar maxsus dasturlarda qatnashsa yoki tartib-intizomni buzmasa, jazo muddati qisqartirilishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 140

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *