O‘zbek estradasining mashhur xonandalaridan biri — Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan keyin ijodga qaytdi. San’atkor muxlislariga “Hayot” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi.
Xonanda yangi ijodiy ishini ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilgan. Qo‘shiq mazmuni va ohangi bilan tinglovchilar qalbiga yaqin bo‘lishi aytilmoqda. Klip ham asarning ruhiga mos tarzda suratga olingan bo‘lib, unda xonandaning yangi ijodiy qiyofasi namoyon bo‘ladi.



















