1-Savol: Juftingiz qiyin davrni boshidan kechirmoqda. Birinchi javobingiz qanday bo‘ladi?

Yonida bo‘laman, uni himoya qilishga harakat qilaman
Tinglayman va hissiy ko‘mak beraman
Ko‘proq mehr va yaqinlik ko‘rsataman
Oraga biroz masofa qo‘yaman, o‘zini tiklab olishi uchun sharoit yarataman
2-Savol: Sevgida kechira olmaydigan holat nima?

Hurmatsizlik
E’tiborsiz qoldirilish
Sovuqlik, ehtirosning yo‘qligi
Haddan ortiq bog‘lanish
3-savol: Juftingiz bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Siz qanday javob berasiz?

Agar xato qilgan bo‘lsa, aniq xato qilganini aytaman
Avvalo, bu xato nima uchun yuz berganini tushunishga harakat qilaman
Biroz norozi bo‘laman lekin yuragimni ochaman
Ichimga yutaman va masofa saqlayman
4-savol: Muhabbat siz uchun nima?

Sodiqlik
Ishonch
Ehtiros
Erkinlik
5-savol: Smslaringizga biroz kech javob berdi. Bu sizda qanday fikr uyg‘otadi?

Bu hurmatsizlik hisoblanadi fikrimni bildiraman
Balki banddir, muammo qilmayman
Qizg‘onaman lekin sezdirmayman
Farqi yo‘q men ham o‘zim bilan bandman
6-savol: Quyidagi jumlalardan qaysi biri sizga eng yaqin his-tuyg‘uni ifodalaydi?

Sevganimni himoya qilaman.
U nimani his qilayotganini sezaman.
Men his-tuyg‘ularimni ochiq ifodalayman, sir saqlamayman.
Men hech kimga bog‘liq emasman.
7-savol: Juftingiz bilan tortishuv paytida qanday harakat qilasiz?

Chegaralarni chizaman
O‘rta yo‘lni topishga harakat qilaman, yechim topishga urinaman
Hissiyotlarim bilan javob qaytaraman keyin yuragimni tinchlantiraman
Jim turaman, biroz masofa qo‘yaman
8-savol: Muhabbatning eng avjiga chiqqan payti qachon deb o‘ylaysiz?

Birgalikda biror qiyinchilikka qarshi kurashayotgan paytda
Jimgina yonida bo‘lganida
Ko‘z-ko‘zga kelganida
U haqida o‘ylash ham sizni yaxshi his qildirganida

Himoyachi
Munosabatlarda ishonch uyg‘otadigan, yaqinlarini asraydigan xususiyatingiz bor. Qat’iy pozitsiyangiz bilan ajralib turasiz. Ba’zan sovuqqon va jiddiy ko‘rinishingiz mumkin lekin niyatingiz doimo yaxshi — sevgan insoningizni himoya qilish.

Qo‘llab-quvvatlovchi
Sizda tushuna olish tuyg‘usi kuchli. Tinglashni, juftingizni yonida bo‘lishni yaxshi bilasiz. Munosabat siz uchun bir sherikchilik kabidir. Hislarga chuqurlashish esa sizning ichki olamingiz.

Ehtirosli
Siz uchun munosabat yurakdan kechadi. His-tuyg‘ularingizni yashirmaysiz, chuqur va jonli rishtalar o‘rnatasiz. Ba’zida past va balandliklar bo‘lsa ham siz chinakam, samimiy bir bog‘lanishni izlaysiz.
Mustaqil
Siz uchun munosabatda shaxsiy makon hammasidan muhim. Osonlikcha bog‘lanmaysiz, ammo bog‘langaningizda, qadrlashni bilasiz. Siz muvozanatli, o‘zini boshqara oladigan va ichki erkinlingizni saqlovchi insonsiz.