Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Billi Aylish katta kinoda debyut qilishi mumkin

Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega qo‘shiqchi Billi Aylish yaqin vaqt ichida katta kinoda debyut qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, u mashhur yozuvchi Silviya Platning “Shisha gumbaz” (“The Bell Jar”) romani asosida suratga olinadigan filmda bosh rolni ijro etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Filmni “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan rejissyor Sara Polli suratga olishi rejalashtirilgan. Agar kelishuv yakuniga yetsa, bu loyiha Billi Aylishning katta ekrandagi ilk yirik roli bo‘ladi.

Asar voqealari 1950-yillar fonida kechadi va iqtidorli talaba qiz Ester Grinvudning ruhiy bosimlar hamda jamiyat kutgan stereotiplarga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi. Roman adabiyot tarixidagi eng mashhur psixologik asarlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Billi Aylish avval ham aktyorlik bilan shug‘ullangan — u 2023 yilda namoyish etilgan “Swarm” serialida rol ijro etgan. Biroq “The Bell Jar” filmi uning kinodagi ilk katta loyihasi bo‘lishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *