Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Yan San Xodan yangi dahshatli film trilleri taqdim etildi

Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Yeon Sang-ho navbatdagi qo‘rqinchli triller loyihasi bilan yana kino muxlislarini hayajonga soldi. Uning yangi filmi — Colony uchun ilk tizer treyler taqdim etildi.

Film voqealari biologik konferensiya vaqtida yuzaga kelgan xavfli virus tarqalishi bilan boshlanadi. Kutilmaganda paydo bo‘lgan infeksiya odamlarni dahshatli mavjudotlarga aylantira boshlaydi. Vaziyat nazoratdan chiqib ketgach, hukumat binoni karantinga yopadi va ichkarida qolgan odamlar omon qolish uchun kurashishga majbur bo‘ladi.

Syujet markazida biologiya professori Kvon Se Chjon turadi. U virusning tez mutatsiyaga uchrashi va odamlar orasida vahima kuchayib borayotgan sharoitda tirik qolish yo‘lini topishga harakat qiladi. Filmda insonlarning qo‘rquv, ishonch va tirik qolish instinkti o‘rtasidagi murakkab kurashi ko‘rsatiladi.

Kartinada mashhur aktyorlar — Jun Ji-hyun, Ji Chang-wook, Koo Kyo-hwan va Shin Hyun-been rollarni ijro etgan.

Rejissyor Yeon Sang-ho bundan avval ham zombi janridagi mashhur filmlar — Train to Busan va Peninsula bilan tanilgan. Shuning uchun kino ixlosmandlari yangi loyiha ham janr muxlislari uchun yana bir kuchli film bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Koloniyalar” filmi kinoteatrlarda 2026 yil may oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *