Har bir munosabat boshida hammasi chiroyli tuyuladi. Ammo ba’zi kichik xatolar vaqt o‘tishi bilan katta muammolarga aylanadi. Ko‘pincha biz ularni sezmaymiz yoki ahamiyat bermaymiz.
Quyida munosabatlarda eng ko‘p uchraydigan va asta-sekin muhabbatini yemiradigan 10 xato
1. Juda tez ishonish
Yangi tanishuvdayoq barcha sirlarni ochish va butunlay bog‘lanib qolish keyinchalik og‘riqli bo‘lishi mumkin. Ishonch vaqt bilan harakatlar orqali shakllanadi.
2. O‘zini yo‘qotish
Muhabbat sababli o‘z qiziqishlaringiz, do‘stlaringiz va maqsadlaringizdan voz kechish sog‘lom fikrlash emas. Munosabatda bo‘lish — o‘zingizni yo‘qotish degani emas.
3. Ortiqcha rashk
Rashk me’yorida bo‘lsa tabiiy lekin ortiqchasi nazorat va ishonchsizlikka aylanadi. Bu esa munosabatni bo‘g‘adi.
4. Muloqot yetishmasligi
Qalbingizdagini aytmaslik, muammolarni yig‘ib yurish bir kun kelib portlashga olib keladi. Ochiq va samimiy suhbat — mustahkam aloqaning asosi hisoblanadi.
5. Chegarasizlik
Shaxsiy hudud va hurmat bo‘lmasa, biri boshqasining hayotini to‘liq nazorat qilishga urinadi. Hammaning o‘z chegarasi bo‘lishi kerak.
6. Manipulyatsiya
Aybdor his qildirish, jim turib jazolash yoki his-tuyg‘u bilan o‘ynashish — bu sevgi emas bosimdir.
7. E’tiborsizlik
Kichik e’tibor va g‘amxo‘rlik bo‘lmasa, inson o‘zini qadrsiz his qiladi. Mayda detallar katta ahamiyatga ega.
8. Taqqoslash
Juftini boshqalar bilan solishtirish uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi va ranjitadi.
9. Hurmat yo‘qligi
So‘zda yoki harakatda mensimaslik — munosabatni asta-sekin yemiradi. Muhabbat va hurmatsiz birga yashamaydi.
10. Sabrsizlik
Har bir insonning o‘sish va o‘zgarish jarayoni bor. Shoshilish va doimiy talablar bosimni keltirib chiqaradi.



















