“Garri Potter” filmlari orqali butun dunyoga tanilgan britaniyalik aktyor Daniel Radcliffe yaqinda o‘ziga juda o‘xshash deb hisoblanadigan yosh aktyor Noah Schnapp bilan uchrashdi. Uchrashuv muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Noah Schnapp Brodveydagi spektaklni tomosha qilish uchun kelgan va sahna ortida Daniel Radcliffe bilan uchrashgan. Yosh aktyor bu lahzani ijtimoiy tarmoqlarda ham ulashib, hamkasbini o‘ziga ilhom manbai deb atagan.
Schnapp uchrashuvdan keyin Radkliff haqida iliq fikrlar bildirib, uni “nihoyatda mehribon inson va o‘ziga haqiqiy namuna” deb ta’rifladi. U hatto aktyor kutganidan ham yaxshiroq inson ekanini ta’kidladi.
Qiziq tomoni shundaki, muxlislar ko‘pincha Noah Schnappni tashqi ko‘rinishi sabab Daniel Radcliffe bilan adashtirib yuborishadi. Aktyorning o‘zi ham intervyularidan birida odamlar uni ko‘rib “Garri Potter”ni yaxshi ko‘rishini aytib qolishlarini kulib eslagan.
Eslatib o‘tamiz, Daniel Radcliffe “Garri Potter” filmlaridagi bosh roli bilan mashhur bo‘lsa, Noah Schnapp Netflix’ning mashhur Stranger Things serialida Uill Bayers obrazini ijro etib keng tanilgan.



















