UmumiyVideoYangiliklar

“Dyuna 3” filmi ilk treyleri e’lon qilindi

“Dyuna” trilogiyasining yakuniy qismi — Dune: Part Three filmi uchun ilk treyler taqdim etildi va u allaqachon muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Yangi film voqealari oldingi qismdan taxminan 17 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Syujet markazida esa endi imperatorga aylangan Pol Atreydesning hokimiyat, urush va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq murakkab qarorlari turadi.

Treylerda keng ko‘lamli jang sahnalari, siyosiy qarama-qarshiliklar va dramatik voqealar aks etgan. Shuningdek, filmda yangi qahramonlar ham paydo bo‘ladi — xususan, Robert Pattinson ijro etgan sirli antagonist obraziga alohida e’tibor qaratilgan.

Kartinada yana Timoti Shalame, Zendaya , Florens Pyu va Jeyson Momoa kabi yulduzlar o‘z rollariga qaytadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, film 2026-yil 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Denis Villeneuve suratga olayotgan trilogiyaning yakuniy qismi bo‘ladi.

“Dyuna 3” ilmiy-fantastika janridagi eng kutilgan loyihalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda va uning treyleri ham bu qiziqishni yanada oshirdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 152

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *