Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“O’rgimchak odam: yangi boshlanish” filmi haqida yangiliklar

Marvel muxlislari uchun yangi xushxabar: “O’rgimchak odam:yangi boshlanish” nomli yangi filmi ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyiha Marvel Studios va Columbia Pictures hamkorligida suratga olinadi, namoyish etish esa Sony Pictures Releasing zimmasiga yuklatilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, film “O’rgimchak odam: Uyga yo’l yoq “ voqealaridan keyin davom etadi va Marvel Kino Olamining navbatdagi — 38-filmi bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, bu loyiha MCU doirasidagi to‘rtinchi “O‘rgimchak-odam” filmi sifatida e’tirof etiladi.

Kartinaga Destin Daniyel Cretton rejissyorlik qiladi. Ssenariy ustida esa avvalgi Spider-Man filmlarida ishlagan  Kris MakKenna  va Erik Sommers ishlamoqda.Bosh rol — Peter Parker / O‘rgimchak-odam obrazini yana Tom Holland ijro etadi. Film aktyorlar tarkibi ham yulduzlarga boy: Zendaya, Jakob Batalon, Seydi Sink, Liza Kolon-Zayas, Jon Bernthal, Mark Ruffalo, Maykl Mando va Tramell Tillman kabi mashhur aktyorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hozircha filmning aniq chiqish sanasi e’lon qilinmagan, ammo loyiha allaqachon Marvel muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 175

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *