Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Yangi “Garri Potter” aktyoriga tahdidlar: Sneyp roli mojaroga sabab bo‘ldi

Yangi “Garri Potter” serialida professor Sneyp rolini ijro etadigan Papa Essiedu jiddiy bosim va tahdidlarga duch kelmoqda.

Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat haqoratlar, balki o‘lim bilan tahdid qilinayotganini ochiqladi. Ayrim foydalanuvchilar undan rolni tark etishni talab qilmoqda.

 “Har safar ijtimoiy tarmoqlarga kirsam, kimdir uyimga kelib meni o‘ldirishini yozgan bo‘ladi. Albatta, bu amalga oshishiga ishonmayman, lekin bunday reaksiyaning o‘zi ham normal emas. Hech kim ish sabab bunday holatni boshdan kechirmasligi kerak,” — deydi u.

 Eslatib o‘tamiz, yangi Harry Potter seriali 2027-yilda chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda barcha rollar yangi aktyorlar tomonidan ijro etiladi.

Shunga qaramay, aktyor loyihani tark etmoqchi emas va bu bosim uni yanada kuchliroq ishlashga undayotganini aytgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 165

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *