OpenAI o‘zining eng mashhur loyihalaridan biri — Sora platformasini kutilmaganda yopishini e’lon qildi.
Sora qisqa vaqt ichida katta mashhurlikka erishgan edi. Ushbu sun’iy intellekt vositasi foydalanuvchilarga oddiy matn orqali realistik videolar yaratish imkonini berardi. Hatto u ishga tushirilganidan so‘ng qisqa muddat ichida millionlab foydalanuvchilarni jalb qilgan.
Nega loyiha yopildi?
Manbalarga ko‘ra, qarorning asosiy sabablari quyidagilar:
-Yuqori xarajatlar — Sora juda katta hisoblash resurslarini talab qilgan
-Kompaniya strategiyasining o‘zgarishi — OpenAI endi asosiy e’tiborni daromadli va muhim loyihalarga qaratmoqda
-Raqobat kuchayishi — boshqa AI kompaniyalar bilan bellashuv oshib bormoqda
Shuningdek, kompaniya kelajakda robototexnika va “real dunyoni simulyatsiya qilish” yo‘nalishlariga ko‘proq urg‘u berishni rejalashtirmoqda.
Muammolar ham bo‘lgan
Sora nafaqat mashhurlik, balki bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lgan:
- mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar
- deepfake va noto‘g‘ri kontent xavfi
- mashhur personajlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari
Bu holatlar loyiha atrofidagi bosimni yanada kuchaytirgan.
Hamkorliklar ham bekor qilindi
Qizig‘i shundaki, Sora bilan bog‘liq yirik hamkorliklardan biri — The Walt Disney Company bilan rejalashtirilgan milliard dollarlik loyiha ham yakuniga yetmay bekor qilingan.



















