Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“4 yil ichida bir lahza ham tinchlik ko‘rmadim” — Zuhra Soliyeva og‘ir hayoti haqida ochiq gapirdi

O‘zbek aktrisasi Zuhra Soliyeva ilk bor shaxsiy hayotidagi og‘ir va og‘riqli voqealar haqida ochiq intervyu berdi.

Uning aytishicha, turmushdagi to‘rt yil davomida deyarli umuman xotirjamlik bo‘lmagan. Aktrisa o‘sha davrni eslar ekan, zo‘ravonlik, ruhiy bosim va moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirganini ta’kidladi.

“4 yil yashagan bo‘lsam, 4 soniya ham tinchlik bo‘lmadi”, — deydi u.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan, hatto pulini olib qo‘ygan va uyda yo‘qligida begona ayollarni olib kelgan.

Zuhra Soliyeva, shuningdek, oiladagi asosiy muammolardan biri farzand masalasi bo‘lganini aytadi. Uning ta’kidlashicha, bu borada unga doimiy bosim o‘tkazilgan, hatto moddiy shartlar ham qo‘yilgan.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim savollarga ham munosabat bildirib, odamlarni bunday nozik mavzularda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi:

“Men sog‘lom ayol edim. Menga faqat mehr kerak edi”, — deya izoh berdi u. U so‘zlarini yakunlar ekan, agar o‘sha paytda bugungidek tajribaga ega bo‘lganida, bunday qaror qabul qilmasligini ham ochiq aytdi

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 165

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *