Turkiyada mashhur aktrisa Hande Erchelga nisbatan hibsga olish orderi berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Istanbul prokuraturasi uni giyohvand moddalarga oid tergov doirasida gumonlanuvchi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov doirasida yana bir nechta shaxslarga ham order berilgan. Ayni paytda aktrisa Turkiya hududidan tashqarida bo‘lgani sabab qo‘lga olinmagan.
Erchel vaziyat yuzasidan bayonot berib, bu xabarni yangiliklar orqali bilganini va vataniga qaytib, tergovga izoh berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Shuningdek, u kecha Turkiyaga qaytgani va jurnalistlarga qisqa intervyu bergani aytilmoqda. Aktrisa intervyuda barcha savollarga qonuniy tartibda javob berishini va odil sudlovga ishonishini ta’kidlagan.
Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan, tergov davom etmoqda.



















