JozibadorTanlanganlarTOPUmumiy

2025-yilda moda olamida eng serdaromad  modellar Top -10 taligi

Ro‘yxatda yetakchilikni Kendall Jenner saqlab qoldi — u yil davomida yirik brendlar bilan shartnomalar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati orqali taxminan 40 million dollar daromad topdi.

Ikkinchi o‘rinni esa foto model, bloger va tadbirkor Krissi Teygen egalladi. Uning 39 million dollarlik daromadi modellik sohasidagi gonorarlar, yirik brendlar bilan bitimlar hamda o‘z shaxsiy loyihalaridan, jumladan, kitoblar, homiyliklar va reklama kampaniyalari orqali olingan foyda bilan shakllandi

Kuchli uchlikni Braziliyalik supermodel Jizel Byundxen to‘ldirdi. U 2025-yilda 33 million dollar ishlab, uzoq yillik shartnomalar, moda haftaliklaridagi ishtirok va turli brendlar bilan hamkorlik orqali yuqori daromadga erishdi.

Gisele Bundchen attends The Metropolitan Museum of Art’s Costume Institute benefit gala celebrating the opening of the “Camp: Notes on Fashion” exhibition on Monday, May 6, 2019, in New York. (Photo by Evan Agostini/Invision/AP)

To‘rtinchi o‘rinni Buyuk Britaniyalik model Rouzi Xantington-Uaytli egalladi — uning yillik daromadi 32 million dollarni tashkil etdi. U nafaqat modada, balki kino, biznes va go‘zallik sohasidagi hamkorliklar orqali ham mo‘may daromad topmoqda.

Keyingi o‘rinni britaniyalik model Kara Delevin egalladi. U bu yil o’tgan yilgidan taxminan 1 million dollar kamroq, ya’ni 31 million dollar daromad to‘pladi. Karani faqat model sifatida emas, balki aktyor va ijodkor sifatida ham ko‘rish mumkin — bu uning tijoriy potentsialini oshirib yubordi.

Oltinchi o‘rinni moda olamining uzoq yillik yulduzi Adriana Lima egalladi — uning yillik daromadi 30 million dollar bo‘lib, model reklama agentliklari va yuqori yirik kampaniyalardagi ishtiroki bilan tanilgan.

Yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni opa singil Hadidlar bo‘lishdi. Jiji Hadid bu yil 20 million dollar, Bella Hadid esa 19 million dollar ishlab topdi. Ikkala model ham moda dizaynerlari bilan uzoq muddatli shartnomalar hamda xalqaro kampaniyalarda qatnashgan.

To‘qqizinchi o‘rinni Xitoyning eng taniqli supermodeli Lyu Ven egalladi. U 18 million dollar daromad bilan global moda maydonida mustahkam o‘rin oldi. Uning muvaffaqiyati asosan Osiyo brendlari bilan hamkorliklar va xalqaro kampaniyalardagi ishtiroki bilan bog‘liq.

Ro‘yxatni Dautsen Kruz yakunladi. Niderlandiyalik model joriy yilda 17 million dollar daromadga erishdi, u ham reklama kampaniyalari, moda haftaliklari va go‘zallik brendlari bilan ishlash orqali yuqori daromad to‘plagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 163

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *