Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Anna  Xetuey Harper’s Bazaar muqovasida — “Devil Wears Prada 2” promosiga start berildi

Anna  Xetuey yana moda olamining markazida. “The Devil Wears Prada” filmi yulduzi mashhur Harper’s Bazaar jurnali muqovasida paydo bo‘ldi.

Yangi fotosessiya nafislik, zamonaviy moda va klassik uslub uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Aktrisaning har bir obrazi yuqori did va professional yondashuvni aks ettiradi. Ushbu chiqish esa bejiz emas — bu “The Devil Wears Prada 2” filmi uchun boshlangan keng qamrovli promo kampaniyaning bir qismi hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, kultga aylangan ilk filmning davomiy qismi ustida ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Hozircha syujet tafsilotlari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, loyiha atrofidagi qiziqish tobora ortib bormoqda.

Muxlislar esa allaqachon sabrsizlik bilan kutmoqda: afsonaviy obrazlar qaytadimi? Yangi qahramonlar paydo bo‘ladimi? Bularning barchasiga tez orada javob olamiz.
Moda va kino uyg‘unlashgan ushbu loyiha yilning eng kutilayotgan premyeralaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Enn Xetuey esa yana bir bor o‘zining yulduz maqomini mustahkamladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 165

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *