Taylor Lautner, “Sumerki”dagi Jeykob roli bilan mashhur aktyor, hayotida yangi bosqichni boshlamoqda — u ilk bor ota bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktyor va uning turmush o‘rtog‘i Taylor Dome farzand kutayotganini ijtimoiy tarmoqlar orqali rasman e’lon qilgan. Ular Instagram’da birgalikdagi suratlarini ulashib, quvonchli yangilikni muxlislar bilan bo‘lishdi.
E’lon qilingan fotosuratlarda Lautner rafiqasining qornini mehr bilan quchib turgani, shuningdek, UZI tasvirlari ham ko‘rsatilgan.
Qiziqarli tomoni shundaki, er-xotin bir xil ism va familiyaga ega — ikkalasining ham ismi Teylor Lautner. Shu sababli ular hazil tariqasida: “Ikki Teylor Lautnerdan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?” deya yozgan.
Eslatib o‘tamiz, juftlik 2022-yilda turmush qurgan va bu ularning ilk farzandi bo‘ladi.



















