G‘aroyibMadaniyat va dam olishUmumiy

“Qizaloq va maymoq” nega ayrim davlatlarda taqiqlangan?

Masha and the Bear ( “Qizaloq va maymoq” ) multfilmi dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda turli sabablarga ko‘ra cheklovlarga uchragan.

Xususan, Eronda multfilm 2015-yilda davlat televideniyesida namoyish etilishi taqiqlangan. Rasmiylarga ko‘ra, bosh qahramon Mashaning sho‘x va qoidalarga bo‘ysunmaydigan xatti-harakatlari bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kanadada esa ayrim epizodlar mahalliy xalqlarga oid stereotiplar sabab bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, vaqtinchalik cheklovlar qo‘llangan.

AQSHda rasmiy taqiq mavjud emas, biroq ayrim ota-onalar multfilm bolalarda itoatsizlikni targ‘ib qilishi mumkinligini aytib, tanqidiy fikrlar bildirgan.

Shuningdek, Ukrainada ham uni Rossiya mahsuloti sifatida cheklash masalasi muhokama qilingan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday bahs va taqiqlar aksincha multfilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, uning global mashhurligiga xizmat qilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 167

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *