Ko‘ngilocharUmumiyVideoYangiliklar

“O‘yinchoqlar tarixi 5”: bu safar gadjetlar o‘yinchoqlarga qarshi chiqadi

Toy Story 5 multfilmining yangi qismi tomoshabinlarni zamonaviy muammo — texnologiyalar bilan to‘qnashuv mavzusiga olib kiradi.

Yangi syujetga ko‘ra, Vudi, Baz va ularning do‘stlari endi bolalarning e’tibori uchun oddiy raqiblar bilan emas, balki gadjetlar bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Ayniqsa, planshet kabi qurilmalar bolalarning asosiy qiziqishiga aylanib borayotgani o‘yinchoqlar uchun jiddiy muammo sifatida ko‘rsatiladi.

Filmda yangi qahramon — “Lilypad” nomli planshet paydo bo‘lib, u bolalarning e’tiborini o‘ziga tortadi va o‘yinchoqlarni “soya”da qoldiradi. Natijada, eski qahramonlar bolalar hayotida o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurash olib boradi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, film nafaqat qiziqarli sarguzasht, balki bolalar hayotida texnologiyalarning ortib borayotgan ta’siri haqida ham muhim ijtimoiy xabar beradi. Ushbu qism orqali ijodkorlar “bolalik qanday o‘zgarayapti?” degan savolni ko‘taradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, multfilm 2026-yil 19-iyun kuni kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 169

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *