AQSHda yashovchi “Hope” laqabli eshak dunyodagi eng uzun quloq egasi sifatida Guinness World Records kitobiga kiritildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu eshakning quloqlari o‘rtacha 40,2 santimetrni tashkil etib, bu ko‘rsatkich uni rekord sohibiga aylantirgan.
15 yoshli bu eshak aslida qutqarib olingan hayvon bo‘lib, avval juda og‘ir ahvolda bo‘lgan. Egasi tomonidan parvarish qilingach, u sog‘ayibgina qolmay, rekord darajasidagi o‘ziga xosligi bilan mashhur bo‘lib ketdi.
Qayd etilishicha, ushbu rekord 2025-yil dekabr oyida rasman tasdiqlangan. Mutaxassislar bu kabi rekordlar orqali nafaqat qiziqarli faktlar, balki hayvonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik masalalari ham keng targ‘ib qilinishini ta’kidlashmoqda.



















