Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Ibrohim Tatlises shoshilinch kasalxonaga yotqizildi

Ibrohim Tatlises sog‘lig‘i yomonlashgani sabab shoshilinch ravishda kasalxonaga olib ketildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-aprel kuni xonandaning Istanbuldagi uyida to‘satdan ahvoli og‘irlashgan. Shundan so‘ng u tez yordam orqali shifoxonaga yetkazilgan va reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Shifokorlarning bildirishicha, Tatlises qon bosimi pasayishi shikoyati bilan murojaat qilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida infeksiya aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ayni paytda san’atkorning hushi joyida, yurak va o‘pka faoliyati normal ekani, davolanish jarayoni davom etayotgani ma’lum qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, voqeadan so‘ng uning yaqinlari va do‘stlari ham shifoxonaga yetib kelgan. Muxlislar esa mashhur xonandaning tezroq sog‘ayib ketishini tilab, ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 169

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *