Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Eyforiya” tarixdagi eng mashhur seriallar qatoriga kirdi

So‘nggi yillarning eng shov-shuvli loyihalaridan biri — Eyforiya  nafaqat yoshlar orasida, balki butun dunyo miqyosida katta muvaffaqiyatga erishdi.

2019-yilda efirga uzatilgan ushbu serial qisqa vaqt ichida rekord darajada mashhurlikka erishib, zamonaviy televideniye tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan loyihalar qatoridan joy oldi.

Serial nimasi bilan ajralib turadi?

Serial voqealari yoshlar hayoti atrofida qurilgan bo‘lib, unda sevgi, do‘stlik, ruhiy muammolar, giyohvandlik va o‘zlikni izlash kabi murakkab mavzular yoritiladi. Bosh qahramon Rue Bennett obrazi orqali tomoshabinlar o‘smirlar hayotining qorong‘i va real tomonlariga guvoh bo‘ladi.

Loyiha o‘zining:

  • noodatiy syujeti
  • kuchli aktyorlik o‘yinlari
  • zamonaviy vizual uslubi
  • musiqiy bezagi

bilan ajralib turadi.

Katta muvaffaqiyat va rekordlar

“Eyforiya  ” HBO platformasidagi eng ko‘p tomosha qilingan seriallardan biriga aylandi. Hatto u platformadagi eng mashhur loyihalar orasida yuqori o‘rinlarni egallagan.

Serial bosh rolini ijro etgan Zendaya esa ushbu loyiha orqali bir nechta nufuzli mukofotlarga, jumladan “Emmy” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, serial bahs-munozaralardan ham holi emas. Ayrim tanqidchilar undagi ochiq sahnalar va keskin mavzularni tanqid qilgan. Biroq bu jihatlar ham uning mashhurligini yanada oshirgan omillardan biri bo‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 198

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *