Madaniyat va dam olishUmumiy

“To‘yimda uch oylik homilador edim” — Aziza Nizomova mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Aziza Nizomova atrofida tarqalgan turli mish-mishlarga munosabat bildirib, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritdi.

San’atkor intervyularidan birida turmush qurish qarori haqida gapirib, 30 yoshda oila qurganini va bu borada kechikish yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inson o‘z baxtini qachon topsa, aynan o‘sha vaqt eng to‘g‘ri fursat hisoblanadi.

Xonanda to‘yi kamtarona o‘tganini ham eslab, dastlab faqat rasmiy nikoh bilan cheklanishni rejalashtirganini, biroq keyinchalik turmush o‘rtog‘ining tashabbusi bilan to‘y marosimi tashkil etilganini aytdi.

Aziza Nizomovaning ta’kidlashicha, to‘y vaqtida u uch oylik homilador bo‘lgan, ammo rasmiy nikoh bundan ancha oldin qayd etilgan. Aynan shu holat noto‘g‘ri talqin qilinib, turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan.

Xonanda tarqalgan gap-so‘zlar asossiz ekanini bildirib, muxlislarni haqiqatni to‘g‘ri qabul qilishga chaqirdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 198

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *