Uilyam Shekspir yashagan London uyining aniq manzili 400 yildan so‘ng ilk bor aniqlandi. Bu kashfiyot tarixchilar uchun muhim yangilik bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, tadqiqotchi olima Lyusi Munro tomonidan topilgan XVII asrga oid xarita orqali buyuk dramaturgning Londondagi yagona uyi joylashuvi aniq belgilangan. U ilgari faqat taxminan ma’lum bo‘lgan edi.

Manbalarga ko‘ra, Shekspir ushbu uyni 1613-yilda sotib olgan va u “Blackfriars” teatrga juda yaqin bo‘lgan. Bu esa dramaturg umrining oxirgi yillarida ham Londonda faol bo‘lganini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar fikricha, aynan shu uyda u o‘zining so‘nggi asarlari ustida ishlagan bo‘lishi mumkin. Ushbu topilma Shekspir hayotining so‘nggi davri haqida yangi ma’lumotlar beradi.



















