Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan bloger Xonzoda shaxsiy hayoti bilan bog‘liq muhim tafsilotlarni ochiqladi.
Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘ini bir necha bor xiyonat ustida ushlab olgan. “Uch marta xiyonat ustida ushlab olganman”, — deya ta’kidlaydi bloger. Aynan shu holatlar ajrashuvga asosiy sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Xonzoda ajrashgach, aliment masalasida ham o‘z qarorini bildirgan. U farzandi uchun aliment talab qilmaslikka qaror qilganini aytib, bu uning shaxsiy tanlovi ekanini ta’kidladi.

Blogerning ushbu ochiq bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar uni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqalar bu qaror yuzasidan turli fikrlarni bildirmoqda.



















