Mashhur rejissyor Jeyms Kemeron va qo‘shiqchi Billi Aylish yangi loyihada hamkorlik qildi.
Gap “Hit Me Hard and Soft: The Tour” nomli hujjatli-konsert filmi haqida bormoqda. Mazkur film Billi Aylishning 2025-yildagi jahon turnesi asosida suratga olingan bo‘lib, tomoshabinlarga sahna ortidagi jarayonlar va konsert muhitini yaqinroq his qilish imkonini beradi.

E’tiborlisi, loyiha oddiy hujjatli film emas — u 3D formatda ishlangan bo‘lib, tomoshabinga maksimal darajada immersiv taqdim etadi. Filmga Jeyms Kemeron bilan birga Billi Aylishning o‘zi ham hammuallif sifatida rejissyorlik qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, film 2026-yil 8-may kuni kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha zamonaviy texnologiyalar va musiqa san’atini uyg‘unlashtirgan holda, konsert filmlari janrida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.



















