Madaniyat va dam olish

Xivada 300+ ishtirokchi ishtirokida raqs tanlovi

Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasida 27-aprel kuni III “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning festival ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.

26–29-aprel kunlari festival doirasida xalqaro raqs tanlovi o‘tkazilmoqda. Unda mahalliy va xorijiy ishtirokchilar bellashadi.

G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
— Gran-pri: 7 000 dollar
— 1-o‘rin (har bir nominatsiya): 5 000 dollar
— 2-o‘rin: 3 000 dollar
— 3-o‘rin: 2 000 dollar

Shuningdek, “Eng yaxshi raqs”, “Eng yaxshi xoreograf”, “Eng yaxshi yosh raqqos(a)” kabi nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshiriladi. Barcha ishtirokchilarga festival sertifikatlari beriladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 139

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *