Madaniyat va dam olish

Fahriye Evjenbilan hayoti o‘zgargan aktyor Burak O‘zchivit

Burak O‘zchivit — o‘zbek tomoshabinlariga Muhtasham yuz yil, Sevgi iztirobi va Hukmdor Usmon seriallari orqali yaxshi tanish. U faoliyatini model sifatida boshlagan, keyinchalik qisqa fursatda eng mashhur turk aktyorlaridan biriga aylangan.

Muxlislar uni “Kamol” va “eng kelishgan turk aktyori” sifatida e’tirof etadi. Uning obrazlari ortida esa murakkab va ko‘p muhokama qilingan shaxsiy hayot yashirin.

Kamol va Balibey ortidagi aktyor

1984-yil Istanbulda tug‘ilgan aktyor dastlab kino va fotografiya yo‘nalishida tahsil olgan va modellik bilan shug‘ullangan. Keng mashhurlik unga Muhtasham yuz yildagi Balibey roli orqali keldi.

Keyinchalik Choliqushi va ayniqsa Sevgi iztirobi serialidagi Kamol obrazi uni xalqaro miqyosda mashhur qildi. So‘nggi yillarda esa Hukmdor Usmon loyihasi orqali muxlislar safi yanada kengaydi.

Buzilgan munosabatlar va shov-shuvlar

Aktyorning shaxsiy hayoti hamisha diqqat markazida bo‘lgan. U model Zeynep Dertkardesler bilan bir necha yil uchrashgan, biroq munosabatlar ayriliq bilan yakunlangan.

Keyinchalik fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabat boshlanadi. Hatto to‘y rejalari ham bo‘lgan, ammo rashk va kelishmovchiliklar sabab bu ittifoq ham barbod bo‘ladi.

Hayotini o‘zgartirgan muhabbat

Burak O‘zchivitning hayotida burilish nuqtasi Fahriye Evjen bilan tanishuv bo‘ldi. Ular Choliqushi suratga olish jarayonida yaqinlashgan.

2017-yilda juftlik Istanbulda dabdabali to‘y o‘tkazdi. Bugungi kunda ular ikki farzandni tarbiyalab, turk shou-biznesidagi eng mustahkam oilalardan biri sifatida tilga olinadi.

OAV ta’kidlashicha, aktyor aynan oilasi sabab ancha o‘zgargan — u shov-shuvli munosabatlar markazidagi yulduzdan sadoqatli er va g‘amxo‘r otaga aylangan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 139

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *