Madaniyat va dam olish

Feruza Normatova shov-shuvli mish-mishlarga keskin izoh berdi

Aktrisa va bloger Feruza Normatova Yashin TV loyihasiga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Suhbat davomida boshlovchi undan:
“Eringizni ‘alfons’ deyishadi. Shu gap qanchalik rost?” — deya so‘radi.

Feruza Normatova bu savolga qat’iy va ochiq javob qaytardi:

“Alloh asrasin, tavba qildim, astag‘firulloh. Men har doim Allohdan munosib insonni so‘raganman. Aslida, uzoq vaqt turmush qurmaganimning sababi ham — atrofimda aynan shunday talablar bilan keladigan insonlar ko‘p bo‘lgan. Men esa bunday ‘alfons’larga turmushga chiqmayman degan qarorimda qat’iy turganman. Shu sababli ham hozirgi turmush o‘rtog‘imni tanlaganman.

Birinchi uchrashuvdanoq unga har tomonlama e’tibor berganman: qayerlarga olib boradi, qanday mashina haydaydi, qanday kiyinadi, nima ish qiladi — barchasini sinchiklab kuzatganman. Chunki men 18 yoshli qiz emasman, faqat bir jihatini yoqtirib turmush quradigan.

To‘g‘risi, u inson o‘z ishlari haqida boshida hammasini ochiq aytmagan. Ishonasizmi, nima ish qilishini to‘yimizdan uch oy o‘tgach bilganman. Hozirda turmush o‘rtog‘im xususiy firmada rasmiy ishlaydi, sport va avtomobil yo‘nalishida o‘z biznesiga ega.

Asosiy e’tiborini sportga qaratgan, Oktagon liga bilan shartnoma imzolagan. Yaqin kunlarda jang bo‘lishi kutilmoqda va hozir aynan shu jang uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Meni taniganlar yaxshi biladi — men o‘z qadrini biladigan, haqqini birovga bermaydigan ayollardanman”, — dedi aktrisa.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 139

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *