Ozoda Nursaidova yaqinda bergan intervyularidan birida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq qiziqarli holatlarni ochiqchasiga aytib berdi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, hanuzgacha uning uyiga sovchilar kelib turadi. Ba’zida hatto onalar o‘g‘illarini yetaklab kelib, jiddiy tarzda sovchilik qilishadi:
“Har xil sovchilar kelishadi. Ayrim onalar o‘g‘illarini olib kelib, ‘o‘g‘lim sizga uylanmoqchi’ deyishadi. To‘g‘risi, bu biroz uyatli holat,” — deydi u.

Bundan tashqari, yosh yigitlarning ham hazilomuz e’tiroflari xonandani kuldirib qo‘yishini aytib o‘tdi:
“18–20 yoshli yigitlar ham ‘sizni sevaman, sizga uylanaman’ deb aytishadi. Men esa kulib, ‘sevgingga ishonsam ekan, jinni emasman-ku’ deyman,” — deya u samimiy tarzda gapirib berdi.Xonanda bunday vaziyatlarni jiddiy qabul qilmasligini, aksincha, hazil bilan yengib o‘tishga harakat qilishini ta’kidladi.



















