GeymingKibersportKonsolMobilPCUmumiy

Olden Era o‘yini bir sutkada 250 ming nusxada sotildi

Heroes of Might and Magic: Olden Era o‘yini qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatga erishdi — loyiha ilk 24 soat ichida 250 mingdan ortiq nusxada sotildi.

Dasturchilar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu natija o‘yinni Steam platformasidagi eng ko‘p sotilgan loyihalar ro‘yxatining yuqori pog‘onasiga olib chiqdi. Shu bilan birga, o‘yinni bir vaqtning o‘zida 50 mingdan ortiq foydalanuvchi o‘ynamoqda.

Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan 3 mingdan ortiq sharhlarning 90 foizdan ko‘prog‘i ijobiy bo‘lgani ham loyiha muvaffaqiyatini tasdiqlaydi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tezkor start o‘yinning nafaqat mashhurligini, balki klassik strategiya janriga bo‘lgan talab hanuz yuqori ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, loyiha ilk kunning o‘zidayoq ishlab chiqish xarajatlarini qoplashga ham muvaffaq bo‘lgan.

“Olden Era” — mashhur “Heroes of Might and Magic” seriyasining yangi qismi bo‘lib, u 2026-yilda early access formatida taqdim etilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 187

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *