Amerikalik mashhur aktyorlar — Emili Blant va Stenli Tuchchi Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z nomlariga bag‘ishlangan yulduzlar bilan taqdirlandi.
Ma’lum qilinishicha, aktyorlar 30-aprel kuni tantanali marosimda ishtirok etib, ushbu nufuzli e’tirofga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa ular Gollivud Shon-sharaf xiyoboni tarixining bir qismiga aylandi.

Emili Blant va Stenli Tuchchi kino sanoatida ko‘p yillik samarali faoliyati, muvaffaqiyatli rollari hamda tomoshabinlar mehrini qozongan loyihalari orqali keng tanilgan. Ularning ijodiy faoliyati nafaqat Gollivudda, balki butun dunyo bo‘ylab yuqori baholanadi.
Mazkur mukofot aktyorlarning san’atga qo‘shgan hissasi va kino olamidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.



















