O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova AQSHdagi yahudiy jamoasi tomonidan bildirilgan e’tirozlarga keskin munosabat bildirdi.
Ma’lumki, xonandaning AQSHda rejalashtirilgan konserti atrofida bahslar yuzaga kelgan. Ayrim jamoa vakillari uning avvalgi bayonotlarini tanqid qilib, undan kechirim so‘rashni talab qilgan edi.
Shu fon’da Usmonova bu talablar yuzasidan ochiq bayonot berib, kechirim so‘rash niyati yo‘qligini qat’iy ta’kidladi. “Meni kechirim so‘raydi deb o‘ylasangiz, qattiq adashasiz”, — dedi san’atkor.
Uning fikricha, har bir inson o‘z qarashlari uchun javobgar va u o‘z pozitsiyasidan voz kechmoqchi emas. Mazkur bayonot ijtimoiy tarmoqlarda yana keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham xonandaning Isroil-Falastin mojarosiga oid fikrlari turli bahslarga sabab bo‘lib, AQSHdagi ayrim jamoalar uning konsertlarini bekor qilishni talab qilgan edi.


















