G‘aroyibMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Simpsonlar” yana “bashorat” qilganmi? Multserialdagi epizod sabab internetda yangi muhokama boshlandi

Mashhur The Simpsons multseriali yana internet markazida. Bu safar foydalanuvchilar serialdagi eski epizodlardan biri 2026-yildagi hantavirus bilan bog‘liq holatlarni “oldindan aytganini” muhokama qilmoqda.

Viral bo‘lib ketgan videolarga ko‘ra, multserialning bir epizodida kruiz kemasida virus tarqalishi tasvirlangan. Aynan shu sahnalar internet foydalanuvchilariga hozirgi hantavirus bilan bog‘liq voqealarni eslatib yuborgan.

Gap qaysi epizod haqida?

Muhokama markaziga aylangan qism — “A Totally Fun Thing Bart Will Never Do Again” nomli epizod. Unda Simpsonlar oilasi kruiz safariga chiqadi va kemada virus sabab karantin e’lon qilinadi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda:

  • “Simpsonlar yana to‘g‘ri chiqdi”
  • “Bu multserial hammasini biladi”
  • “Ular kelajakni bashorat qiladi”

kabi izohlar ko‘payib ketdi.

Aslida bu tasodifmi?

Fact-check nashrlari esa serial hantavirusni aniq bashorat qilmaganini aytmoqda. Mutaxassislarga ko‘ra:

  • epizodda hantavirus nomi tilga olinmagan
  • voqealar umumiy epidemiya syujetiga o‘xshash xolos
  • o‘xshashlik internet tomonidan kuchaytirilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *