Gollivud yulduzlari Ben Affleck va Matt Damon yangi mojaroga duch keldi. Miami-Dade sherif ofisining ikki xodimi aktyorlar va ularning Artists Equity kompaniyasini sudga berdi.
Mojaro nimadan boshlandi?
Gap The Rip filmi haqida ketmoqda. Netflix’da chiqqan kriminal triller 2016-yildagi haqiqiy narkotik reydi voqealaridan ilhomlanib suratga olingan.
Da’vogarlarning aytishicha, filmda:
- korrupsioner politsiyachilar
- pul o‘g‘irlash
- jinoyatga aralashish
kabi syujetlar aynan ularning real hayotdagi ishiga juda o‘xshatib yuborilgan.
“Biz bir dollar ham o‘g‘irlamaganmiz”
Politsiyachilar Jonatan Santana va Jeyson Smit film chiqqanidan keyin:
- masxara qilinayotganini
- “iflos politsiyachi” deb atalganini
- obro‘siga zarar yetganini
aytmoqda.

















